#TaomAI akkauntini oʻchirish
2026-yil 14-oktabrdan amal qiladi
Ilovada akkauntni qanday oʻchirish mumkin
- #TaomAIni oching va odatdagidek kiring: telefon raqami, Apple yoki Google orqali.
- «Profil» boʻlimiga oʻting va «Akkauntni oʻchirish» tugmasini bosing.
- Oʻchirishni tasdiqlang. Akkaunt darhol oʻchiriladi.
Nimalar oʻchiriladi
- Telefon raqami yoki Apple yoxud Google akkaunti bilan bogʻlanish, ilovaga kirish va barcha seanslar. Apple orqali kirishni bekor qilamiz.
- Tahlillar hisoblagichi.
- Siz yuborgan xatolar haqidagi xabarlar.
- Tugmani bosgan telefoningizdagi profil, kundalik va taom suratlari.
- “Doʻstlar” maʼlumotlari: doʻstlar uchun ism, doʻstliklar, takliflar, rozilik, bloklashlar va siz yuborgan shikoyatlar.
- Yorliq surati orqali qoʻshgan mahsulotlaringiz yozuvlarida siz bilan bogʻliqlik oʻchiriladi. Mahsulotlarning oʻzi umumiy bazada qoladi.
Nimalar qoladi
- Qancha bepul tahlil ishlatilgani haqidagi belgi — raqam yoki Apple yoxud Google akkaunti identifikatorining izi (xeshi) koʻrinishida. Izdan ularni tiklab boʻlmaydi. U bepul tahlillar qayta berilmasligi uchun kerak. 2 yildan ortiq saqlamaymiz.
- Boshqalarning siz haqingizdagi shikoyatlari — akkauntingizga bogʻlanmagan holda, shikoyat qilingan doʻstlar uchun ism bilan. Qaror qabul qilinguncha va yana 90 kun saqlanadi.
Agar ilova endi yoʻq boʻlsa
Raqam orqali kirgan boʻlsangiz: shu raqamdan Telegram orqali yozing yoki xatda raqamni koʻrsating: pochta taomai@hesh.uz, Telegram @enajmiddinov.
Apple yoki Google orqali kirgan boʻlsangiz: #TaomAIni oʻrnating, xuddi shu akkaunt bilan kiring va «Akkauntni oʻchirish»ni bosing. Buning iloji boʻlmasa, bizga yozing — yordam beramiz.
Akkauntni 30 kun ichida oʻchiramiz va oʻchirganimizni xabar qilamiz.